Ish vaqti
24/7
Manzilimiz
Toshkent shahar, Yunusobod tuman

Yong'in signalizatsiyasi tizimi: tarkibi, turlari va tanlash

Yong'in signalizatsiyasi tizimi: tarkibi, turlari va tanlash

Yong'in signalizatsiyasi yong'inni dastlabki soniyalarda — tutun yoki issiqlik paydo bo'lgan zahoti — aniqlaydi va odamlarni ogohlantiradi. Ofis, do'kon, ombor va ko'p qavatli uylarda u qonun bo'yicha majburiy. Quyida tizim nimalardan tashkil topishi va qaysi turini tanlash kerakligi.

Tizim tarkibi

  • Qabul-nazorat pribori (PPK) — tizimning "miyasi": detektorlardan signal oladi, sirenani yoqadi, hodisalarni yozadi va pult yoki dispetcherga xabar beradi.
  • Tutun detektorlari — xonalar shiftiga o'rnatiladi, tutunni optik usulda sezadi. Eng ko'p ishlatiladigan element.
  • Issiqlik detektorlari — tutun odatdagi holat bo'lgan joylar uchun (oshxona, qozonxona).
  • Qo'l izvesheli (ИПР) — evakuatsiya yo'llaridagi tugma: yong'inni ko'rgan odam bosadi.
  • Sirena va tablo — ovoz va yorug'lik bilan ogohlantiradi, "Chiqish" ko'rsatkichi.
  • Rezerv quvvat manbai — tok o'chganda ham tizim ishlashi shart, shuning uchun akkumulyatorli manba qo'yiladi.

Adressiz (analog) va adresli tizim

Adressiz tizimda detektorlar shleyflarga (zanjirlarga) ulanadi. Signal kelganda pribor qaysi shleyf ishlaganini ko'rsatadi, lekin aniq qaysi detektor ekanini emas. Kichik obyekt uchun arzon va yetarli: masalan, Bolid Сигнал-20П — 20 ta shleyfli qabul-nazorat pribori.

Adresli tizimda har bir detektorning o'z raqami bor va pribor yong'in qaysi xonada ekanini aniq ko'rsatadi. Bitta ikki simli liniyaga ko'p qurilma ulanadi — kabel kam ketadi, katta binoda o'rnatish oson. Bolid tizimida bu С2000-КДЛ kontrolleri (bitta liniyaga 127 tagacha adresli qurilma), unga ДИП-34А-05 adresli tutun detektorlari va ИПР 513-3АМ исп.01 adresli qo'l izvesheli ulanadi. Rubezh tizimida — ППКОПУ R3-Рубеж-2ОП pribori va ИП 212-64-R3 W1.02 detektorlari.

Qaysi birini tanlash

ObyektTavsiya
Kichik do'kon, ofis (bir necha xona)Adressiz tizim, shleyfli pribor
Ko'p qavatli bino, savdo markazi, omborAdresli tizim
Mavjud Bolid qo'riqlash tizimi borBolid adresli kontrolleri bilan kengaytirish

O'rnatishda e'tibor bering

  • Detektorlar soni va joyi xona maydoni, shift balandligi va normalar bo'yicha loyihada hisoblanadi.
  • Yong'in liniyalari uchun yonmaydigan (FRLS) kabel ishlatiladi.
  • Tizim yiliga kamida bir marta tekshiriladi, detektorlar changdan tozalanadi.
  • Signalizatsiya bilan birga o't o'chirgichlar ham kerak — ular yong'in xavfsizligi bo'limida.

Barcha qurilmalar — yong'in signalizatsiyasi bo'limida. Obyektingiz rejasini yuborsangiz, kerakli uskunalar ro'yxatini tuzib beramiz.

Mos kamera tanlashda yordam kerakmi? Bepul maslahat beramiz. Bog'lanish