Hikvision va HiLook NVR — IP kameralar uchun tarmoq yozuv qurilmalari, 4 dan 64 kanalgacha, PoE portli modellar (kamera to'g'ridan-to'g'ri ulanadi), 4K chiqish, AcuSense va yuz tanish, 1–16 HDD. NVR narxi Toshkentda — rasmiy diler, kafolat.
32-ch 1.5U 8K DeepinMind NVR
I/VPro Series NVR with AcuSeek
NVR (Network Video Recorder) — IP kameralardan kelgan tasvirni qattiq diskka yozadigan tarmoq registratori. PoE portli NVR kameralarni o'zi quvvatlaydi: har bir kamera bitta tarmoq kabeli bilan ulanadi.
Tanlashda kanallar soni (kelajakda qo'shiladigan kameralarni ham hisobga oling), qo'llab-quvvatlanadigan aniqlik (4K gacha), disk uyalari soni va kiruvchi o'tkazish qobiliyati (Mbps) muhim.
Ko'pincha ONVIF protokoli orqali ulanadi, lekin to'liq imkoniyatlar bir brend ichida ishlaydi.
Videokuzatuv uchun mo'ljallangan 24/7 disklar: Hikvision, WD Purple, Seagate SkyHawk.