Montaj asboblari: RJ-45 objimlari, kabel kesgich va stripperlar, kabel testerlari, IP-kamera testerlari, shurupovertlar va asboblar to'plami. Videokuzatuv va tarmoq o'rnatuvchilari uchun.
Kamera va tarmoqni sifatli o'rnatish to'g'ri asbobga bog'liq. Kabel uchiga RJ-45 konnektorni objim (krimper) bilan bosish, keyin LAN tester bilan juftliklarni tekshirish — ulanish muammolarining aksariyatini oldini oladi.
IP-kamera testeri obyektning o'zida kamera tasvirini ko'rish, burchakni sozlash, PoE va kabelni tekshirish imkonini beradi — noutbuk yoki registratorni olib yurish shart emas.
U bilan kamerani o'rnatish joyida ulab, tasvirni ko'rish, burchak va fokusni sozlash hamda kabel va PoE'ni tekshirish mumkin.
Kabeldagi 8 ta simning to'g'ri tartibda ulanganini, uzilish yoki almashib qolishini ko'rsatadi.