Ish vaqti
24/7
Manzilimiz
Toshkent shahar, Yunusobod tuman

Videokuzatuv kamerasi uchun qaysi kabel kerak: UTP, FTP yoki koaksial

Videokuzatuv kamerasi uchun qaysi kabel kerak: UTP, FTP yoki koaksial

Kabel — videokuzatuvning eng arzon, lekin eng ko'p muammo chiqaradigan qismi. Noto'g'ri tanlangan kabel tasvirning uzilishi, PoE kameraning o'chib-yonishi yoki bir-ikki yilda yorilib ketishiga olib keladi. Kabel turi avvalo kamerangiz turiga bog'liq — buni IP kamera yoki Turbo HD maqolasida batafsil yozganmiz.

IP kamera uchun — vita juft (Cat5e / Cat6)

IP kamera tarmoq kabeli bilan ulanadi: bitta kabel orqali ham tasvir, ham quvvat (PoE) uzatiladi. 4 juft (8 tomir) kabel ishlatiladi. Cat6 tomirlari qalinroq (0,56 mm) bo'lgani uchun quvvatni uzoqqa yaxshiroq yetkazadi — PoE kameralar uchun shuni tavsiya qilamiz.

Muhim: tomir mis bo'lsin. Arzon "CCA" (alyuminiy mis qoplamali) kabelda qarshilik yuqori — PoE kamera uzoq masofada quvvat yetmay qayta yuklanadi.

UTP yoki FTP

Ichki yoki tashqi

Ko'chaga chiqadigan kabel tashqi (qora, UV ga chidamli qobiq) bo'lishi shart. Ichki kabelning kulrang qobig'i quyoshda bir-ikki yilda yorilib, ichiga suv kiradi. Yuqoridagi KANIHAD kabellari — tashqi, 305 metrlik qutida.

100 metr chegarasi

Ethernet standarti bo'yicha kameradan switch yoki registratorgacha bitta kabel — 100 metrgacha. Uzoqroq bo'lsa, oraliqqa switch qo'yiladi yoki uzoq masofa rejimli (250 m gacha) PoE switch ishlatiladi — PoE switch tanlash maqolasiga qarang. Juda uzoq masofa uchun optika ishlatiladi.

Uchiga Cat6 RJ-45 konnektor siqiladi; ko'chadagi ulanishlar germetik qutiga joylanadi.

Turbo HD (analog) kamera uchun — koaksial kabel

Turbo HD kameralar koaksial kabel bilan ulanadi, uchlariga BNC konnektor qo'yiladi. Kameraga 12 V quvvat alohida beriladi — shuning uchun ko'pincha koaksial va ikki tomirli quvvat simi birlashgan kombinatsiyalangan kabel olinadi. Quvvat uchun alohida sim kerak bo'lsa: KANIHAD KKV 2×0,35 kabeli. Koaksial o'rniga vita juft ishlatish ham mumkin — buning uchun har kamera uchiga video balun qo'yiladi.

Qisqacha

HolatKabel
IP kamera, bino ichidaCat6 UTP, mis tomir
IP kamera, ko'chadaCat6 UTP tashqi (qora)
Elektr kabellari yonida, sanoatCat6 FTP tashqi
Turbo HD kameraKoaksial + quvvat simi, BNC
100 metrdan uzoqOraliq switch yoki optika

Barcha kabel va konnektorlar — kabellar bo'limida. Obyekt uchun kerakli kabel uzunligini hisoblashda yordam beramiz.

Mos kamera tanlashda yordam kerakmi? Bepul maslahat beramiz. Bog'lanish