Face ID terminal: qanday ishlaydi va qaysi birini tanlash kerak
"Face ID kamera" deganda odatda yuzni tanish terminali nazarda tutiladi: eshik yoki turniket yoniga o'rnatiladigan, ekran va kamerasi bor qurilma. U xodim yoki mehmonni yuzi bo'yicha taniydi, eshikni ochadi va har bir kirish-chiqishni yozib boradi. Quyida terminal qanday ishlashi va tanlashda nimalarga qarash kerakligi.
Face ID terminal qanday ishlaydi
Terminal yuzni ikki kamera bilan suratga oladi va oldindan kiritilgan baza bilan solishtiradi. Mos kelsa, rele orqali elektromagnit qulf, turniket yoki shlagbaumga ochish signali beradi. Face anti-spoofing funksiyasi telefondagi surat yoki qog'ozdagi rasm bilan aldashga yo'l qo'ymaydi. Barcha hodisalar terminal xotirasida va dasturda saqlanadi.
Karta va barmoq izidan farqi
- Karta — arzon, lekin uni boshqaga berib yuborish yoki yo'qotish mumkin.
- Barmoq izi — kartadan ishonchli, lekin skanerga tegish kerak, iflos yoki shikastlangan qo'lda xato beradi.
- Yuz — kontaktsiz, 1 soniyadan kam vaqt, kartani almashtirish muammosi yo'q. Ko'p terminallar yuz bilan birga karta va PIN-kodni ham qo'llaydi.
Tanlashda nimaga qarash kerak
1. Yuz bazasi sig'imi
Bu terminal nechta odamni eslab qola olishini bildiradi. Kichik ofis uchun bir necha yuz yetarli, katta korxona va biznes-markaz uchun o'n minglab kerak. Masalan, Ultra seriyasidagi DS-K1T673TDX 100 000 tagacha yuz va 100 000 tagacha kartani saqlaydi, hodisalar xotirasi — 150 000.
2. Ekran va boshqaruv
Katta sensorli ekran sozlash va foydalanishni osonlashtiradi. Pro seriyasidagi DS-K1T671M 7 dyuymli ekranga ega, anti-spoofing va QR-kodni tanishni qo'llab-quvvatlaydi; DS-K1T671MF — uning karta bilan ishlaydigan varianti.
3. Qo'shimcha usullar
Mehmonlar uchun QR-kod, xodimlar uchun karta yoki PIN — bitta terminal bir nechta usulni birlashtirsa qulay. Faqat karta yoki barmoq izi kerak bo'lsa, arzonroq yechim bor: DS-K1T809MX karta terminali (1 000 ta karta), DS-K1T807MBFWX-QRE1 barmoq izi terminali (2,4" ekran, 5 000 ta karta, kronshteynida batareya bilan ishlash imkoni).
4. O'rnatish joyi
Bino ichidagi terminal ko'chaga chiqarilmaydi: ko'cha uchun himoya darajasi (IP65) va harorat diapazonini xususiyatlar jadvalidan tekshiring.
Turniket va davomat bilan ishlash
Terminal turniket ustuniga yoki yoniga o'rnatilib, unga ochish signalini beradi — turniketlar bo'limida mos modellar bor. Har bir kirish-chiqish yozilgani uchun terminal ish vaqtini hisoblash tizimi bo'lib ham ishlaydi: kim qachon kelgani, kim kechikkani avtomatik hisoblanadi. Tabel, kech qolish va oylikni avtomatik yuritish uchun HRControl davomat tizimi Hikvision terminallari bilan ishlaydi.
Qisqacha
| Vazifa | Tavsiya |
|---|---|
| Kichik ofis, 1 eshik | Ixcham Face ID terminal, masalan DS-K1T342MFWX |
| Ofis va korxona, davomat | 7" ekranli Pro terminal: DS-K1T671M |
| Katta korxona, ko'p xodim | Ultra terminal, 100 000 yuz: DS-K1T673TDX |
| Faqat karta yoki barmoq izi | DS-K1T809MX, DS-K1T807MBFWX-QRE1 |
Barcha modellar — Face ID terminallar bo'limida. Obyektingiz uchun terminal va turniketni birga tanlashda yordam beramiz.