Wi-Tek WI-LTE115-O V2 — tashqi o'rnatish uchun 4G router. SIM karta orqali internetni olib, Wi-Fi va LAN port orqali tarqatadi — kabel interneti yo'q joyda kamera yoki boshqa qurilmani tarmoqqa ulash uchun qulay.
Asosiy xususiyatlari:
• LTE Cat.4: 150/50 Mbit/s gacha
• Wi-Fi 2,4 GHz, 300 Mbit/s, 2×2 MIMO
• 1 ta 100 Mbit/s port
• DC 12 V chiqish (kamerani quvvatlash uchun)
• Himoya darajasi IP65
Dala hovli, qurilish maydoni, ferma va uzoq ob'ektlar uchun mos.