KANIHAD VI-MT227 — infraqizil nurli datchik (sensor): ma'lum hududdagi ob'ektni infraqizil nur orqali aniqlaydi. Kirish nazorati va avtomatika tizimlarida qo'shimcha datchik sifatida ishlatiladi.
Asosiy xususiyatlari:
• Nur turi: infraqizil
• Aniqlash zonasi diametri: taxminan 75 mm
• Oq va qora yuzalarni farqlash: oq yuzada zona kattaroq, qorada kichikroq
• Ish kuchlanishi: AC/DC 12–36 V
• Iste'mol toki: 100 mA dan kam
• LED indikator
Kirish nazorati va avtomatik eshik tizimlari uchun mos.