ZKTeco U1000 Pro — uzoq masofadan o'qiydigan UHF RFID kirish nazorati qurilmasi: o'quvchi va kontroller bitta korpusda. Avtomobil yoki odamni 6 metrgacha masofadan tanib, shlagbaum yoki eshikni ochish uchun ishlatiladi.
Asosiy xususiyatlari:
• O'qish masofasi: 6 m gacha (UHF)
• Xotira: 5000 ta karta, 30 000 ta hodisa
• TCP/IP, Wiegand kirish/chiqish
• 2 ta rele, elektr qulf, eshik datchigi va chiqish tugmasini ulash
• ZKAccess 3.5 va ZKBioSecurity 3.0 dasturlari bilan ishlaydi
• Himoya darajasi IP66
Avtoturargoh, turar-joy majmuasi va korxona hududi kirishlari uchun mos.