Fiber Heat shrink tubing — optik tola payvandlangan joyini himoya qiluvchi termo-qisqaruvchan gilza (KDZS). Payvandlashdan keyin tola ustiga kiyg'iziladi va qizdirilganda qisqarib, ulanish joyini mustahkamlaydi. Optik muftalar, krosslar va optik tarmoqlarni montaj qilishda ishlatiladigan sarf materiali.