Hikvision DS-TMG034 — shlagbaum uchun 79 GHz chastotali radar, strela o'tib ketayotgan mashina yoki odam ustiga tushib ketishining oldini oladi. O'qitish (kalibrlash) talab qilmaydi va harakat yo'nalishini aniqlay oladi. Shuningdek, shlagbaumni ochish uchun trigger sifatida ham ishlatilishi mumkin.
Asosiy xususiyatlari:
• Chastota: 79 GHz
• Aniqlanadigan ob'ektlar: transport va odam (trigger va strela tushishiga qarshi rejimlar)
• Ishga tushish masofasi: 0,3–6 m, aniqlash kengligi 0–2 m (sozlanadi)
• Ketma-ket kelayotgan mashinalar orasini ajratish: 0,5–2 m
• Javob vaqti: 50 ms
• Nur kengligi: vertikal 10°, gorizontal 38°
• Sozlash: ketma-ket port yoki Bluetooth
• Kuchlanish: 9–32 V DC, iste'mol 3 Vt dan kam
Avtoturargohlar, turar-joy majmualari va korxona kirish joylaridagi shlagbaumlar uchun.