Hikvision DS-3WR4G3N — 4G LTE Wi-Fi router. SIM-karta orqali internetni tarqatadi, shuning uchun simli internet bo'lmagan joylarda — dala hovli, qurilish maydoni yoki omborda kameralarni internetga ulash uchun qulay.
Asosiy xususiyatlari:
• Wi-Fi: IEEE 802.11b/g/n, 2,4 GHz, 300 Mbit/s gacha
• 4G tezligi: yuklab olish 150 Mbit/s, yuklash 50 Mbit/s (LTE CAT.4)
• Nano SIM uyasi, 2 ta tashqi 4G/3G antenna
• 2 × 10/100 Mbit/s RJ45 port
• Rejimlar: 3G/4G router, simsiz router, kirish nuqtasi (AP)
• Mehmon tarmog'i, DHCP server
• Quvvat: 9 V DC, 0,6 A