Ezviz CS-EB8 4G — 2K ruxsatli, 4G tarmoqda ishlaydigan akkumulyatorli kamera. GPS orqali qurilma joylashuvini ko'rish mumkin, 10400 mAh batareya va quyosh paneli bilan ishlash imkoniyati uni elektr tarmog'idan mustaqil qiladi.
Asosiy xususiyatlari:
• Aloqa: 4G, GPS orqali joylashuvni ko'rish
• Ruxsat: 2K, panoramali ko'rinish
• Batareya: 10400 mAh
• Odam harakatini aqlli aniqlash, rangli tungi ko'rish
• Sirena va stroboskop bilan faol himoya
• Ikki tomonlama ovozli aloqa
• Ob-havoga chidamli korpus
• EZVIZ quyosh paneli (Type-C) bilan ishlaydi; microSD karta 512 GB gacha, EZVIZ Play bulut xotirasi
Dala hovli, ferma, qurilish maydoni va uzoq hududlar uchun mos.